Mostovoy Golovinning qizil kartochkasiga munosabat bildirdi

Mostovoy Golovinning qizil kartochkasiga munosabat bildirdi

Spartak” va “Selta”ning sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Mostovoy “Monako” futbolchisi Aleksandr Golovinning “PSJ”ga qarshi Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ilk o‘yinda qizil kartochka olgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis Golovinning qizil kartochkalari atrofida g‘alati tasodif borligini aytib, bu holatga eng yaxshi javobni futbolchining o‘zi berishini ta’kidladi. Mostovoyga ko‘ra, Golovin odatda qo‘pol o‘yinchi sifatida tanilmagan va ehtimol, uning hayotida qandaydir muammolar bo‘lishi ham mumkin.

“Monako” – “PSJ” uchrashuvi monakoliklarning 2:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Javob bahsi kelasi haftada Parijda o‘tkaziladi va u 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar