date

Konrad Laymer yangi shartnoma borasida aniqlik kiritdi

Konrad Laymer yangi shartnoma borasida aniqlik kiritdi

Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Konrad Laymer jamoa bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avstriyalik futbolchining aytishicha, hozircha bu borada jiddiy muloqotlar ketmayapti. «Hozir deyarli muzokaralar yo‘q. Men baribir xotirjamman, bu haqida ortiqcha bosh qotirishning keragi yo‘q», — deya uning so‘zlarini SPORT BILD keltirdi.

Laymer «Bavariya» safida 2023 yil yozidan beri to‘p suradi. Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 29 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

Himoyachining nemis grandi bilan amaldagi bitimi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Laymerning transfer narxi 32 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konrad Laymer yangi shartnoma borasida aniqlik kiritdi