date

Nottingem Forestning yangi ustozi Pereyra jamoa ligada qolishiga ishonadi

Nottingem Forestning yangi ustozi Pereyra jamoa ligada qolishiga ishonadi

15 fevral kuni «Nottingem Forest» bosh murabbiyi etib tayinlangan Vitor Pereyra yangi lavozimiga doir fikrlarini bildirdi. Hozirda jamoa quyi ligaga tushib ketish xavfi bor hududga juda yaqin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pereyra klub rahbariyati bilan avval ham birga ishlaganini eslatdi: u Gretsiyaning «Olimpiakos» jamoasida faoliyat yuritgan paytida ushbu tajribani orttirgan.

Murabbiy klub egasi Evangelos Marinakis haqida ham to'xtalib, uning g'alabaga chanqoqligi va hissiyotlarga boy xarakterini ta'kidladi. Pereyraning aytishicha, Marinakis undan o'z uslubiga sodiq qolishni so'ragan.

«Futbol — men bilan tunab, men bilan uyg'onadigan hayot tarzidir. Bu klubga bor kuchimni, bor vujudimni berish uchun keldim. Mavsum og'ir o'tdi: turli uslublar, turli murabbiylar. Shunga qaramay, men bu vazifani qabul qildim, chunki futbolchilarning sifati, jamoaning imkoniyati va prezidentning ambitsiyalariga ishonaman. Albatta, ligada qolishimiz mumkin. Ochko yig'ishimiz mumkin», — dedi Pereyra.

Hozirda «o'rmonchilar» APL jadvalida 17-o'rinda bormoqda va «Vest Hem»dan 3 ochkoga oldinda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nottingem Forestning yangi ustozi Pereyra jamoa ligada qolishiga ishonadi