Bologna Pobegani Milandan to‘liq transfer qilganini tasdiqladi

“Bologna” chorshanba kuni klubning rasmiy sayti orqali Tommazo Pobega endi jamoaning to‘laqonli futbolchisiga aylanganini ma’lum qildi. “Qizil-ko‘klar” yarim himoyachini “Milan”dan sotib olish huquqidan foydalandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
26 yoshli Pobega “Bologna” bilan 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Kelishuvda yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham bor.
Tommazo Pobega “Bologna” safida barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 55 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu o‘yinlarda u 7 ta gol urib, 5 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Ayni paytda “Bologna” Italiya chempionati turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing