Manchester Siti Niko Gonsalesni qo'ldan chiqarmoqchi emas

Manchester Siti keyingi mavsum uchun tarkib masalasini faol ko'rib chiqmoqda. Rodri tez-tez jarohat olishini inobatga olgan holda, klub yarim himoyachi Niko Gonsalesni jamoada olib qolishni muhim deb bilmoqda. Transfer News Live El Nacionalga tayanib xabar berishicha, APL giganti futbolchining yozgi transfer oynasida ketish ehtimolini to'sib qo'yishga qaror qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu qaror Barselonani xafa qilishi mumkin: kataloniyaliklar Gonsalesni yana o'z safiga qaytarish variantini ko'rib chiqqan edi.
2025/2026 yilgi mavsumda 24 yoshli Niko Gonsales Manchester Siti safida 33 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing