Chinkvini hakamning qarori juda noto'g'ri bo'lganini aytdi

“Zenit”ning sobiq sport direktori Oreste Chinkvini hakam Federiko La Penna boshqargan uchrashuvdan keyin fikr bildirdi. Yaqinda “Yuventus” — “Inter” o'yinida (2:3) referi turinliklar himoyachisi Pyer Kalulyuni maydondan chetlatgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chinkvinining ta'kidlashicha, hakam jiddiy xatoga yo'l qo'ygan: uningcha, Kalulyu qoida buzmagan, “Yuventus” esa taxminan 50 daqiqa bir kishi kam bo'lib o'ynashga majbur qolgan. Shunga qaramay, Spalletti jamoasi yaxshi futbol ko'rsatganini qayd etgan mutaxassis, o'yinda 2:2 hisob natijaga ko'proq mos kelgan bo'lardi, dedi.
Shuningdek, Chinkvini kelajakda qoidalar o'zgartirilib, VAR bunday bahsli epizodlarga aralasha olishini istashini bildirdi. U Rossiyada ishlagan davrida ham bunaqa darajada xatoli hakamlik qarorlarini deyarli uchratmaganini qo'shimcha qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!