Inter Stankovichning huquqini qayta sotib olish masalasini izohladi

Milanning “Inter” klubi bosh direktori Juzeppe Marotta jamoa “Bryugge” yarim himoyachisi Aleksandar Stankovich bo‘yicha qayta sotib olish bandini ishga tushirishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Marottaning aytishicha, qayta sotib olish huquqi 2027 yilgacha amal qiladi va hozircha bu mavzuda aniq xulosa qilish erta. U kelajakda qanday qaror qabul qilinishini vaqt ko‘rsatishini ta’kidlab, Stankovich amalda “Inter”ga juda yaqin futbolchi ekani, u hatto Chempionlar ligasida ham qimmatli tajriba olayotganini qo‘shimcha qildi.
Aleksandar Stankovich 2025 yilda “Inter”dan “Bryugge”ga 9 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning belgiyaliklar bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda tayanch yarim himoyachi barcha musobaqalarda 38 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!