date

Merson Arsenalning qo'ldan ketgan g'alabasini izohladi

Merson Arsenalning qo'ldan ketgan g'alabasini izohladi

Angliyalik sobiq futbolchi Pol Merson Londonning «Arsenal» klubi «Vulverhempton»ga qarshi o'yinda g'alabani ushlab qola olmagani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Kanonirlar» 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi, biroq yakunda 2:2 durang qayd etildi. Mezbonlar uchun hal qiluvchi vaziyat 94-daqiqada yuz berdi: Rikardo Kalafiorining avtogoli «bo'rilar»ga bir ochko olib keldi.

«Ikkinchi tezlikda o'ynab bo'lmaydi. «Vulverhempton» hisobni tenglashtirgachgina, «Arsenal»da avval yo'q bo'lgan qat'iyat paydo bo'ldi. Bu mutlaqo noto'g'ri. Har bir uchrashuv finaldek, oxirigacha maksimal diqqatni saqlash kerak», — dedi Merson Sky Sports'dagi tahlil chog'ida.

Shunga qaramay, Mikel Arteta jamoasi turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi: «Arsenal» «Manchester Siti»ni besh ochkoga ortda qoldirmoqda, «shaharliklar» esa bitta o'yinni zaxirada ushlab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Merson Arsenalning qo'ldan ketgan g'alabasini izohladi