Barselona yangi hujumchi masalasidan xavotirga tushdi

«Barselona» hujumchisi Hamza Abdelkarim hanuz jamoa safida maydonga tushish huquqini qo‘lga kirita olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kataloniyaliklar 18 yoshli misrlik futbolchini Qohiraning «Al-Ahli» klubidan majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olgandi. Kelishuv fevral boshida rasmiylashgan bo‘lsa-da, Abdelkarim hozirgacha Ispaniyada ishlash uchun ruxsatnoma ololmadi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, klub rahbariyati bu masala uzoq vaqtga cho‘zilib ketishidan xavfsiramoqda. Shu sabab ham futbolchining «ko‘k-anorranglilar»ning ikkinchi jamoasida qachon debyut qilishi hozircha noma’lum — u aynan o‘sha tarkibda o‘yin amaliyoti olishi rejalashtirilgandi.
Mish-mishlarga ko‘ra, Abdelkarimni to‘liq sotib olish «Barselona»ga 5–8 mln yevroga tushishi mumkin. U ko‘chib o‘tishidan avval «Al-Ahli» safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!