Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan uni asrashni so'radi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin orada faqat muhim uchrashuvlarda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbalarga ko'ra, 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezushdan OFK Chempionlar ligasining hal qiluvchi bosqichlari boshlanguniga qadar uni imkon qadar kamroq o'yinlarda ishlatishni so'ragan. Ronaldu ortiqcha yuklamadan qochib, asosiy bellashuvlarga maksimal tayyorgarlik ko'rish va mundialga optimal formada borishni maqsad qilgan.
Joriy mavsumda portugaliyalik yulduz «Al-Nasr» safida 23 uchrashuvda 19 ta gol urdi. U Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Ayvan Tonidan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing