date

Vulverhempton Arsenaldan durang tortib olib tarixga kirdi

Vulverhempton Arsenaldan durang tortib olib tarixga kirdi

Angliya Premyer-ligasi doirasida «Vulverhempton» Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi — 2:2. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Bo‘rilar» 94-daqiqada Rikardo Kalafyorining avtogoli evaziga hisobni tenglashtirdi. Opta ma’lumotiga ko‘ra, «Vulverhempton» APL tarixida turnir jadvalida oxirgi o‘rinda turgan holda, amaldagi yetakchiga qarshi bahsda ikki to‘p farqi bilan ortda borib ham yutqazmagan ilk jamoa bo‘ldi.

27 turdan keyin «Vulverhempton» hisobida atigi 10 ochko bor. «Arsenal» esa 58 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi: ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti»dan besh ochkoga oldinda, «shaharliklar»ning esa bitta o‘yini zaxirada.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vulverhempton Arsenaldan durang tortib olib tarixga kirdi