Turkiyada bekor qilingan goldan keyin hakamga samokat uloqtirishdi

Turkiyaning quyi, yarim havaskor ligalaridan birida maydondagi mojaro noodatiy yakun oldi: golni hisoblamagan hakamga tribunadan elektr samokat uloqtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Transport vositasi bevosita hakamga tegib, unga jarohat yetkazgani aytilmoqda. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, katta shov-shuvga sabab bo'ldi.
Hodisa «Darendespor» va «Hekimhan» jamoalari uchrashuvida ro'y berdi. Hisob 1:1 bo'lib turgan paytda 87-daqiqada bahsli epizod yuzaga kelgan va yon hakam Hakan Baskur gol qoidabuzarlik bilan urilgan, degan qarorga kelgan.
Shundan so'ng tartibbuzar muxlislar darhol keskin reaksiya bildirib, maydonga elektr samokatni uloqtirishdi. Natijada uchrashuvdagi vaziyat yanada taranglashib ketdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!