Whoosh Meksika poytaxtida ish boshladi: Imkoniyatlar Moskva bilan teng

Elektr samokatlarni qisqa muddatli ijaraga berish xizmati Whoosh Meksika poytaxti — Mexikoda oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Bu kompaniyaning mamlakatdagi San-Pedro-Garsa-Garsiyadan keyingi ikkinchi manzili boʻldi. Hozirda ijaraga olish uchun 1000 ta samokat taqdim etilgan, biroq kompaniya kelajakda ularning sonini 5000 tagacha yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Mexiko shahrining tanlanishi bir qancha omillar bilan bogʻliq: zich shahar qurilishi, qisqa masofalarga sayohat qilishga boʻlgan yuqori talab, transport tizimining haddan tashqari yuklangani va 580 kilometrga choʻzilgan rivojlangan velosiped yoʻlaklari tarmogʻi. Whoosh mutaxassislarining fikricha, ushbu omillar servisning muvaffaqiyatini taʼminlaydi.
Shuningdek, 2026-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati servis ommaviyligining yanada oshishiga xizmat qiladi. Turnir davomida shahar ochilish oʻyini va boshqa uchrashuvlarga mezbonlik qiladi, bu esa sayyohlar oqimining keskin koʻpayishiga olib keladi. Kompaniya Mexikoning salohiyatini aholi zichligi va talab boʻyicha Moskva bilan solishtirmoqda.
Hozirgi vaqtda Whoosh Braziliya, Chili, Kolumbiya va Meksika kabi mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda. Kompaniyaning Lotin Amerikasi bozoriga chiqishi 2023-yilda boshlangan edi.






























Izohlar 0
…