Manchester Yunayted MakTominey va Brunu o'rtasida tanlov qilmoqda

Napoli yarim himoyachisi Skott MakTominey yana Manchester Yunayted safiga qaytishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
TopSkills Sports UK xabariga ko'ra, “qizil iblislar” yozgi transfer oynasida shotland futbolchisini qayta olib kelishni rejalashtirmoqda. MakTomineyning o'zi ham Old Traffordga qaytishga qat'iy bel bog'lagan, biroq u MYUdan haftasiga 350 ming funt sterling maosh so'ramoqda.
Shu bilan birga, yarim himoyachi Brunu Fernandesh ham yangi shartnoma bo'yicha haftasiga 400 ming funt sterling olishni istamoqda. Endi Manchester Yunayted oldida muhim qaror turibdi: MakTomineyni qaytarish uchun katta pul to'lash yoki 2027 yilda shartnomasi yakunlanadigan Fernandeshni yo'qotish xavfi bilan yuzlashish.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing