Arsen Zaharyan jarohatdan forig' bo'lib, jamoaga qaytdi

Rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaharyan jarohatidan to'liq tiklanib, «Real Sosyedad» bilan mashg'ulotlarni to'liq davom ettirmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati vakili Yon Ander Munduate ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli futbolchi boldir suyagi bilan bog'liq muammo sabab so'nggi uchrashuvlarning bir qismini o'tkazib yuborgandi.
— Ha, u jamoa bilan ishlayapti. Arsen shu shanba kuni qaydnomada bo'lishi kerak, — dedi Munduate. Uning so'zlarini Sport24 keltirdi.
Joriy mavsumda Zaharyan barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
21 fevral kuni «Real Sosyedad» Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida o'z maydonida «Real Ovyedo»ni qabul qiladi. Uchrashuv 18:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!