Luka Modrich Milan bilan shartnomasini uzaytirishga qaror qildi

Yarim himoyachi Luka Modrich faoliyatini «Milan»da davom ettiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Calciomercato xabariga ko'ra, «rossoneri» rahbariyati 40 yoshli xorvatiyalik futbolchi jamoada yana kamida bir mavsum to'p surishiga ishonmoqda. Modrichning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan, biroq kelishuvda futbolchi ixtiyoriga ko'ra yana bir yilga uzaytirish bandi mavjud. Kutilishicha, Modrich ushbu opsiyani ishga tushiradi.
Eslatib o'tamiz, Luka Modrich 2025 yilda «Real»dan erkin agent sifatida «Milan» safiga kelib qo'shilgandi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 27 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing