date

Real Chempionlar ligasidagi mojaroga munosabat bildirdi

Real Chempionlar ligasidagi mojaroga munosabat bildirdi

Chempionlar ligasida "Benfika" – "Real" uchrashuvi atrofida mojaro yuzaga keldi. Madridliklar hujumchisi Vinisius Junior raqib futbolchisi Janluka Prestianini irqchilikda aybladi. Shundan so'ng UEFA mazkur holat bo'yicha tekshiruv boshladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Oradan ko'p o'tmay "Real" rasmiy bayonot bilan chiqdi. Klub ma'lumotiga ko'ra, payshanba kuni Lissabonda sodir bo'lgan voqealar yuzasidan mavjud barcha dalillar UEFAga taqdim etilgan. "Qirollik klubi" tekshiruv jarayonida faol hamkorlik qilganini ta'kidladi.

Shuningdek, "Real" Vinisiusni qo'llab-quvvatlagan jahon jamoatchiligiga minnatdorlik bildirdi. Klub sport va jamiyatda irqchilik hamda boshqa salbiy holatlarni yo'q qilish yo'lidagi ishlarini davom ettirishini qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Chempionlar ligasidagi mojaroga munosabat bildirdi