UEFA Chempionlar ligasida hafta ramziy jamoasini e’lon qildi

2025/2026 yilgi Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasidagi dastlabki uchrashuvlar ortda qoldi. O‘yinlar yakuniga ko‘ra UEFA hafta ramziy jamoasini tuzdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Haftaning eng yaxshi 11 futbolchisi ro‘yxatiga quyidagilar kirdi: Kobel («Borussiya») — Ryerson («Borussiya»), Sanches («Galatasaray»), Byorn («Nyukasl»), Grimaldo («Bayer»), Sara («Galatasaray»), Tchuameni («Real»), Dzolis («Bryugge»), Due («PSJ»), Gordon («Nyukasl»), Hyog («Bude-Glimt»).
Shuningdek, haftaning eng yaxshi futbolchisi deb «Nyukasl» hujumchisi Entoni Gordon topildi. U safarda «Qorabog‘» darvozasiga to‘rt gol urdi, natijada «qarg‘alar» Ozarbayjonda 6:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing