date

Dibala Ronaldu bilan jamoadagi taassurotlarini aytib berdi

Dibala Ronaldu bilan jamoadagi taassurotlarini aytib berdi

Paulo Dibala “Yuventus”da Kriishtianu Ronaldu bilan birga to‘p surgan davrlarini eslab, portugaliyalik yulduzning jamoa ichidagi odatlari va xarakteri haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentinalik hujumchining aytishicha, Ronaldu kundalik tartibga temir intizom bilan amal qilgan: u ertalab 8–9 lar atrofida kelib, ketguniga qadar mashg‘ulot zalida, massajda, fizioterapiyada, sovuq vanna va saunada, ovqatlanish rejimida bo‘lgan. Dibala Ronaldu hech bir mayda detalni ham e’tibordan chetda qoldirmasligini, uning butun diqqati aynan shu ishga qaratilganini ta’kidladi.

Shuningdek, Dibala mashg‘ulotlarda ham Ronaldu yutqazishni umuman yoqtirmasligini, nimada bo‘lishidan qat’i nazar mag‘lubiyatni qabul qilolmasligini aytdi. Maydon tashqarisida esa u yoqimli jamoadosh bo‘lib, jamoa bilan bemalol muloqot qilgani, umumiy kechki ovqatlarda qatnashgani va turli mavzularda suhbatlashish mumkin bo‘lganini qayd etdi. Dibalaning so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu mate ham ichgan, ba’zan o‘zi bilan perulik termosi va katta idishda ichimlik olib kelgan, bu holatlar esa argentinalik futbolchiga kulgili tuyulib, u do‘stona hazillashib turgan.

Hozirda Paulo Dibala “Roma” sharafini himoya qilmoqda, Kriishtianu Ronaldu esa “Al-Nasr” safida o‘ynamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dibala Ronaldu bilan jamoadagi taassurotlarini aytib berdi