Dibala Messini ham, Ronalduni ham bir jihatda o‘xshatdi

“Roma” hujumchisi Paulo Dibala faoliyati davomida ham Lionel Messi, ham Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to‘p surgan. U futbol olamidagi eng mashhur savollardan biriga — qaysi biri kuchliroq ekani haqidagi bahsga munosabat bildirdi, biroq aniq tanlov qilishdan tiyildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dibalaning ta’kidlashicha, Messi va Ronaldu texnik jihatdan turlicha bo‘lsa-da, ularni birlashtiradigan eng katta o‘xshashlik — mentalitet. “Ularning texnikasi boshqacha, ammo ruhan juda o‘xshash: ikkisida ham g‘alaba uchun yengilmas ishtiyoq bor. Kuchli tomonlari turlicha, lekin ikkalasi ham haqiqiy jangchi”, — deya futbolchining so‘zlarini La Gazzetta dello Sport keltirdi.
Ma’lumot uchun, Messi faoliyati davomida 8 marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan, Ronaldu esa 5 bor ushbu sovrinni yutgan. Hozir Messi “Inter Mayami” safida, Ronaldu esa “Al-Nasr”da o‘ynamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!