date

Sko'ulz van Deykdan kuchliroq bo'lgan himoyachini aytdi

Sko'ulz van Deykdan kuchliroq bo'lgan himoyachini aytdi

“Manchester Yunayted” afsonasi Pol Sko'ulz “Liverpul” sardori Virgil van Deyk bilan taqqoslab, uningcha undan ham kuchliroq bo'lgan sobiq jamoadoshini tilga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ko'pchilik bu o'rinda Rio Ferdinandni kutishi mumkin edi, biroq Sko'ulz boshqa nomni tanladi — niderlandiyalik markaziy himoyachi Yap Stam. U Angliyada uzoq qolmagan bo'lsa-da, “qizil iblislar” safida yorqin iz qoldirgan.

“Stam van Deykdan yaxshiroq edi”, — deb Sko'ulzning so'zlarini The Touchline nashri keltirdi.

Yap Stam “Manchester Yunayted”da 1998–2001 yillarda o'ynagan va keyin qariyb 26 mln yevroga “Latsio”ga sotilgan. Keyinchalik u “Milan” va “Ayaks”da ham to'p surib, 2007 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sko'ulz van Deykdan kuchliroq bo'lgan himoyachini aytdi