Seriya A yulduz hujumchisi Barselonaga yo'l olmoqchi

“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich mavsum yakunlangach, faoliyatini “Barselona”da davom ettirish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Serbiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi va katta ehtimol bilan uzaytirilmaydi. Tuttosport xabariga ko'ra, 26 yoshli forvard qayerda o'ynash borasida tanlovini ham qilgan: u “Barselona”ga erkin agent sifatida o'tishni rejalashtirmoqda. Kataloniya klubi Vlahovich uchun kurashda hozircha peshqadam va bitimni amalga oshirish uchun dastlabki qadamlari tashlamoqda.
Qayd etilishicha, “Barselona”da Vlahovich Robert Levandovskining o'rnini bosishi mumkin. Polshalik hujumchining shartnomasi ham iyun oxirida yakunlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing