date

Yuventus Spallettining kelajagi bo'yicha reja tuzdi

Yuventus Spallettining kelajagi bo'yicha reja tuzdi

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spallettining kelajagi hanuz mavhumligicha qolmoqda. Uning amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, bahorda tomonlar uchrashib, hamkorlikni davom ettirish shartlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, agar jamoa A Seriya yakunida kuchli to'rtlikdan joy olsa, murabbiy bilan bitim uzaytirilishi ehtimoli yuqori. Biroq «byankoneri» keyingi mavsum Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmasa, 66 yoshli mutaxassis bilan xayrlashishlari mumkin. Bunday holatda klub uch-to'rtta ehtimoliy nomzodni uning o'rniga ko'rib chiqadi.

Spalletti «Yuventus»ni o'tgan yil oktyabr oyi oxirida qabul qilib olgandi. Hozirda «Qariya sinyora» A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus Spallettining kelajagi bo'yicha reja tuzdi