PSJ Mbappega 4 million yevro to'lab berdi

Parijning PSJ klubi hozirda Madridning «Real» jamoasida to'p surayotgan hujumchi Kilian Mbappega 4 million yevro o'tkazib berdi. Bu haqda Lequipe jurnalistlari xabar tarqatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tomonlar o'rtasidagi sud jarayonlari hanuz davom etmoqda. Avvalroq sud PSJni Mbappega 60,9 million yevro to'lashga majbur qilgandi — bu summaga futbolchining ish haqi, bonuslari hamda hisoblangan foizlar kiritilgan.
Mbappe 2018–2024 yillarda PSJ sharafini himoya qilgan. U parijliklar safida jami 308 ta uchrashuvda maydonga tushib, 256 ta gol urdi va 110 ta golli uzatma amalga oshirdi.
2024 yil iyul oyida Mbappe «Real»ga o'tdi. Futbolchi bilan madridliklar 2029 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing