Gradilenko Mainz va Gamburg o'yiniga prognoz bildirdi

Germaniya Bundesligasining 23-turi doirasida «Mainz» o'z maydonida «Gamburg»ni qabul qiladi. Uchrashuv oldidan sobiq «Spartak» futbolchisi Dmitriy Gradilenko bahsdan kutayotgan natijalari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis bir nechta variantni taklif qildi: «Gamburg» mag'lub bo'lmaydi (X2) hamda «ikkalasi ham gol uradi». Uning qayd etishicha, «Mainz» joriy yilda atigi bir o'yinda gol ura olmagan, «Gamburg» esa so'nggi uch uchrashuvning har birida kamida ikkitadan gol kiritgan. Shuningdek, Gradilenko o'yinda umumiy gollar soni 3 tadan ko'p bo'lishi mumkinligini aytdi.
«Mainz» — «Gamburg» uchrashuvi bugun, 20-fevral kuni 00:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
O'yin arafasida mezbonlar turnir jadvalida 14-o'rinda, mehmonlar esa 9-pog'onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!