Barselona va Atletiko Bernardu Silva uchun kurashga kirishishi mumkin

«Manchester Siti»ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi ehtimoli bor. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, shartnomasi «shaharliklar» bilan kelasi yozda yakunlanadigan 31 yoshli хавбекni «Barselona» va «Atletiko» o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda. Futbolchini «Yuventus» va «Monako» ham kuzatib bormoqda, biroq Silvani ko'proq La Ligada o'ynash istiqboli jalb qilmoqda.
Bernardu Silva 2017 yildan beri «Manchester Siti» safida to'p suradi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing