Gabbia Leau Milan uchun tayanch futbolchi ekanini aytdi

"Milan" himoyachisi Matteo Gabbia Rafael Leau yana gol ura boshlaganidan mamnun. Uning ta'kidlashicha, yetti yildan buyon jamoa safida to'p surib kelayotgan portugaliyalik hujumchi klub tizimida juda muhim o'rin tutadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gabbia Leau hozir yana to'liq quvvat bilan harakat qilayotganini, oldinda undan yanada ko'proq gollar kutayotganini aytdi. Himoyachi Rafu uchun xursand ekanini ham qo'shimcha qildi, deya xabar beradi pianetamilan.it.
Ayni paytda "Milan" A Seriya jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Inter"dan yetti ochko ortda. Klub so'nggi bor 2022 yilda, Stefano Pioli bosh murabbiy bo'lgan davrda Italiya chempioni bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing