Lautaro Martines jarohatdan 18 kunda safga qaytadi

“Inter” hujumchisi Lautaro Martines jamoasining so‘nggi o‘yinida jarohat oldi. Jurnalist Esteban Edulning ma’lum qilishicha, argentinalik futbolchida boldir mushagining ikkinchi darajali cho‘zilishi aniqlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Taxminlarga ko‘ra, Martines taxminan 18 kun ichida tiklanib, maydonga qaytadi. Bu esa uning Argentina terma jamoasi safida Ispaniyaga qarshi o‘tadigan Finalissima uchrashuviga tayyor bo‘lishini anglatadi.
27 mart kuni Argentina va Ispaniya Finalissimada sovrin uchun bahs olib boradi. Unda Amerika Kubogi amaldagi sohibi hamda Yevropa chempioni o‘zaro to‘qnash keladi.
Ayni vaqtda “Inter” Italiya A Seriyasida peshqadam. Ikkinchi o‘rindagi “Milan” esa yetti ochko ortda bormoqda. “Inter”ning navbatdagi uchrashuvi 21 fevral kuni “Lechche”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!