Moyes MYUdagi omadsizlik haqida yana bir imkonni esladi

Devid Moyes 2013 yilda Aleks Fergyuson o‘rniga «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi etib tayinlangandi, biroq «Old Trafford»da bir mavsumni ham to‘liq yakunlay olmadi. Shotlandiyalik mutaxassis o‘sha davr haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Mening «Manchester Yunayted»dagi davrim? Hayot shunaqa. U yerda o‘zimni juda yaxshi his qilganman, garchi bu muddat juda qisqa bo‘lib qolgan bo‘lsa ham. Yaxshiroq qilishim mumkin bo‘lgan jihatlar bor edi. Agar yana bir imkon bo‘lsa, ayrim narsalarni boshqacha qilardim. Orqaga qaraganda odam doim shunday o‘ylaydi», — dedi Moyes matbuot anjumanida.
Hozir Moyes «Everton»ni APL doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinga tayyorlamoqda. Uchrashuv 23-fevral, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!