date

Barselona Reshfordni sotib olib darhol foydaga sotishi mumkin

Barselona Reshfordni sotib olib darhol foydaga sotishi mumkin

«Manchester Yunayted»dan «Barselona»ga ijaraga kelgan Markus Reshfordning kelajagi hanuz mavhum. Kataloniyaliklar ingliz futbolchisini 30 mln yevroga sotib olish huquqiga ega, biroq klubning moliyaviy holati bu summani to‘lashga xalal berishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Transfer News Live El Nacional’ga tayanib xabar berishicha, «Barselona» Reshfordni faqat darhol qayta sotish uchun xarid qilishga majbur bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Manbaga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan ayrim klublar 28 yoshli hujumchi uchun ko‘rsatilgan narxdan qariyb ikki baravar ko‘p to‘lashga tayyor, bu esa «ko‘k-anorranglilar» uchun iqtisodiy jihatdan juda manfaatli kelishuvga aylanishi mumkin.

Joriy mavsumda Hans-Diter Flik jamoasida Reshford 34 uchrashuvda 10 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Reshfordni sotib olib darhol foydaga sotishi mumkin