Arbeloa Bellingem jarohati yuzasidan yangilangan ma’lumot berdi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Jud Bellingemning jarohati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliyalik futbolchi «qirollik klubi» safidagi so‘nggi uchta o‘yinda maydonga tusha olmadi. Dastlab u bir oy ichida qaytishi kutilgandi, biroq hozir tiklanish jarayoni aprel oyigacha cho‘zilishi mumkinligi aytilmoqda.
«Jud ertaga sog‘lom bo‘lishi uchun ko‘p narsadan voz kechgan bo‘lardim. U bizning yetakchimiz, dunyodagi eng kuchli liderlardan biri. Shu bilan birga, u bo‘lmagan paytda ham jamoamiz qanchalik raqobatbardosh ekanini ko‘rib xursandman — bu juda yuqori darajadan dalolat. Ammo imkon bo‘lsa, Bellingemning tezroq qaytishi uchun hamma ishni qilardim», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
Shanba kuni «Real» La Ligada safarda «Osasuna»ga qarshi bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!