date

Milan Berluskonining klubni sotib olgan kunini esladi

Milan Berluskonining klubni sotib olgan kunini esladi

Italiyaning «Milan» klubi tarixidagi muhim sanani yodga oldi: 1986 yil 20 fevral kuni, aniqrogʻi 40 yil avval, Silvio Berluskoni jamoani sotib olgan va shu bilan klubning eng yorqin davri boshlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Oʻsha paytda «Milan» 80-yillarning birinchi yarmida jiddiy inqirozni boshdan kechirayotgan edi. Oradan koʻp oʻtmay, jamoa boshqaruviga Arrigo Sakki kelib, klubdagi koʻplab tamoyillarni tubdan oʻzgartirdi.

Berluskoni rahbarligi davrida «Milan» 30 yil ichida 29 ta sovrinni qoʻlga kiritdi: ular orasida 8 ta Skudetto hamda Chempionlar kubogi va uning davomchisi boʻlgan Chempionlar ligasidagi 5 ta gʻalaba bor.

Yubiley sanasi ijtimoiy tarmoqlarda Paolo Maldini tomonidan ham eslab oʻtildi. Afsonaviy himoyachi Berluskoni klubni sotib olgan vaqtda allaqachon «Milan» safida toʻp surayotgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan Berluskonining klubni sotib olgan kunini esladi