date

Real Bundesliga yulduzi uchun strategiyasini o'zgartirishga tayyor

Real Bundesliga yulduzi uchun strategiyasini o'zgartirishga tayyor

Dortmundning «Borussiya» klubida to'p surayotgan markaziy himoyachi Niko Shlotterbek Madridning «Real» jamoasi uchun hamon asosiy transfer nishonlaridan biri bo'lib qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

So'nggi haftalarda «qaymoqranglilar» vakillari 26 yoshli futbolchi nomzodini jiddiy tahlil qilmoqda. Diario AS xabariga ko'ra, «qirollik» klubi ichida Shlotterbek markaziy himoyani kuchaytirish uchun mavjud variantlar orasida eng ma'quli ekani tobora ko'proq tasdiqlanmoqda. «Real» 2019 yildan beri odatda 20 yoshdan ancha katta futbolchilarga katta mablag' sarflashdan tiyilib keladi, biroq «Borussiya» yulduzi uchun bu yondashuvdan chekinishga tayyor.

Shlotterbekni sotib olish «Real»ga taxminan 50 mln yevroga tushishi kutilmoqda. Himoyachining «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Bundesliga yulduzi uchun strategiyasini o'zgartirishga tayyor