date

Karroger Budo-G'limtni ko'proq hurmat qilishga chaqirdi

Karroger Budo-G'limtni ko'proq hurmat qilishga chaqirdi

“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karroger “Inter”ga qarshi o'yindan so'ng Norvegiyaning “Budo-G'limt” klubini alohida e'tirof etdi. Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ilk uchrashuvda norveglar A Seriya vakilini 3:1 hisobida mag'lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Karrogerning ta'kidlashicha, “Budo-G'limt” nomli jamoa “Inter”ni yenggani ko'pchilik uchun kutilmagan holat bo'lib tuyulishi mumkin, biroq o'yinni diqqat bilan ko'rganlar jamoaning gollar urish uslubi va futbolchilarining sifati yuqori ekanini ko'radi. Uning fikricha, “G'limt” Chempionlar ligasi darajasidagi jamoa kabi harakat qilmoqda va ularga yanada katta hurmat bilan qarash kerak.

“Inter” va “Budo-G'limt” o'rtasidagi javob uchrashuvi 24 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karroger Budo-G'limtni ko'proq hurmat qilishga chaqirdi