De Shilyo transferi bekor bo‘lgani yuzasidan izoh berdi

Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Mattia De Shilyo Chexiyaning «Gradets-Kralove» klubiga ko‘chishi nega amalga oshmaganiga oydinlik kiritdi. Futbolchi bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida bayonot bilan chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
De Shilyo klubning bunday qarori uning uchun kutilmagan bo‘lganini ta’kidladi va vaziyatni tibbiy ko‘rik natijalari bilan bog‘lash haqidagi gaplarni qat’iyan rad etdi.
«Men barcha zarur tibbiy tekshiruvlar va qo‘shimcha nazoratlardan o‘tdim, hammasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Chexiyada uch kun bo‘ldim, jamoa bilan ikki marta to‘liq mashg‘ulot o‘tkazdim va hech qanday cheklovsiz ishladim», — deb yozdi u.
33 yoshli futbolchining so‘nggi jamoasi «Empoli» bo‘lib, u yerda ijara asosida to‘p surgan. De Shilyoning huquqlari 2025 yilgacha «Yuventus»ga tegishli bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!