date

Bilyaletdinov Ronalduning darajasini alohida eʼtirof etdi

Bilyaletdinov Ronalduning darajasini alohida eʼtirof etdi

Taniqli murabbiy Rinat Bilyaletdinov Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to‘p surayotgan hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, Ronaldu o‘ziga xos futbolchi bo‘lib, uning natijalarini takrorlash deyarli imkonsiz. Bilyaletdinov 40 yoshdan oshgan bo‘lishiga qaramay, portugaliyalik yulduz hanuz eng yuqori saviyada o‘ynashga intilayotganini alohida qayd etdi.

Joriy mavsumda 41 yoshli Ronaldu barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Saudiya chempionatining 21-turidan so‘ng «Al-Nasr» turnir jadvalida 52 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bilyaletdinov Ronalduning darajasini alohida eʼtirof etdi