Leau Ronaldu baribir tarixdagi eng buyuk futbolchi deydi

Portugaliya hujumchisi, hozirda «Milan» safida top surayotgan Rafael Leau Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining yutuqlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchidan jahon chempioni unvoniga ega bo‘lgani sabab «Inter Mayami» forvardi Messi tomonini olish kerakmi, degan savol so‘raldi.
Leauning ta’kidlashicha, mundial Ronaldu uchun muhim, chunki u hali bu sovrinni qo‘lga kiritmagan. Shunga qaramay, uning fikricha, Portugaliya terma jamoasi JCh-2026da muvaffaqiyatsizlikka uchrasa ham, Ronaldu futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchi bo‘lib qolaveradi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi jahon chempionatida Portugaliya guruh bosqichida O‘zbekiston va Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Guruhdagi yana bir raqib hozircha aniqlanmagan. Argentina esa Jazoir, Avstriya va Iordaniyaga qarshi o‘ynaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!