Vinisius va Mbappe Realning Osasunaga qarshi qaydnomasida bor

Ispaniya La Ligasining 25-turi doirasida Madridning «Real» jamoasi safarda «Osasuna»ga qarshi maydonga tushadi. «Qirollik klubi» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ushbu uchrashuv uchun tarkib roʻyxatini e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Darvozabonlar: Kurtua, Lunin, Mestre.
Himoyachilar: Karvaxal, Alaba, Trent, Asensio, Karreras, Garsiya, Ryudiger, Mendi.
Yarim himoyachilar: Kamavinga, Valverde, Tchuameni, Gyuler, Sebalyos, Pitarsh.
Hujumchilar: Vinisius, Mbappe, Garsiya, Dias, Mastantuono.
«Osasuna» – «Real» uchrashuvi shanba kuni, 21-fevralda boʻlib oʻtadi. Bellashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Mezbonlar La Liga jadvalida 10-oʻrinda bormoqda, «Real» esa peshqadam.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing