Dalot Bruno Fernandeshni APLning eng kuchlilaridan dedi

Portugaliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» himoyachisi Diogu Dalot klubdoshi hamda vatandoshi Bruno Fernandeshning o'yiniga yuqori baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dalotning ta'kidlashicha, Fernandesh Angliya Premyer-ligasidagi eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi. «Bu bahs-munozarasiz fakt. Kimdir bunga qo'shilmasa, bu ularning tanlovi», — deya Daily Mail uning so'zlarini keltirdi.
Joriy APL mavsumida 31 yoshli portugaliyalik yarim himoyachi 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 12 ta golli uzatma qayd etgan.
«Manchester Yunayted» esa 45 ochko bilan Premyer-liga turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing