Milner maxsus butsada APL rekordini yangiladi

Yarim himoyachi Jeyms Milner Angliya Premyer-ligasida o‘tkazgan o‘yinlari soni bo‘yicha Garet Berrini ortda qoldirdi va 654 ta uchrashuv bilan musobaqa tarixidagi eng ko‘p maydonga tushgan futbolchiga aylandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
40 yoshli futbolchi bu rekordni o‘ziga xos butsada qayd etdi: uning oyoq kiyimining orqa qismida Premyer-ligadagi o‘yinlari soni — 654 — yozib qo‘yilgan. «Brayton» matbuot xizmati kiyinish xonasidan olingan suratni e’lon qildi.
Shanba kuni «Brayton» safarda «Brentford»ga qarshi chempionat o‘yinini o‘tkazmoqda. Uchrashuvning ilk yarim soati yakuniga yaqin «chaykalar» hisobni ochdi.
Milner Premyer-liganing yetakchi klublari safida ham to‘p surgan — u faoliyati davomida «Manchester Siti» va «Liverpul»da o‘ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!