date

Prestiannining UEFAga ko'rsatma bergani haqidagi xabar rad etildi

Prestiannining UEFAga ko'rsatma bergani haqidagi xabar rad etildi

“Benfika” futbolchisi Janluka Prestianni bilan ishlaydigan agent Gaston Fernandes matbuotda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq Prestianni UEFAga ko‘rsatma bergani va “Real” vingeri Vinisiusni o‘yinda qaysi so‘z bilan haqorat qilganini aytgani haqida yozilgandi. Futbolchi esa bundan oldin ham bu haqorat irqchilik bilan bog‘liq bo‘lmaganini ta’kidlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fernandesning so‘zlariga ko‘ra, Prestiannining UEFAga ko‘rsatma bergani haqidagi ma’lumot asossiz. “Bu yolg‘on. Biz bilan hech kim rasmiy tarzda bog‘lanmagan”, — deya agentning fikrini keltiradi A Bola.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasida “Real” safarda “Benfika”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan. UEFA esa uchrashuvdan keyingi kuni holat bo‘yicha tergov boshlanganini ma’lum qilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Prestiannining UEFAga ko'rsatma bergani haqidagi xabar rad etildi