date

Kafanov dunyoning eng kuchli darvozabonini aytdi

Kafanov dunyoning eng kuchli darvozabonini aytdi

Rossiya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov intervyu davomida turli o'yin jihatlari bo'yicha eng yaxshi golkiperni tilga oldi. Suhbat yakunida undan umuman olganda dunyodagi eng zo'r darvozabon kimligi so'raldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis bu savolga aniq javob berdi: uning fikricha, hozirgi kunda eng kuchli darvozabon — Djandluiji Donnarumma. Kafanov ta'kidicha, Donnarummaning darajasi allaqachon e'tirof etilgan, biroq yakuniy bahoni baribir jahon chempionati ko'rsatadi.

Eslatib o'tamiz, Donnarumma o'tgan yozda "PSJ"dan "Manchester Siti"ga ko'chib o'tgandi. Shundan beri italiyalik darvozabon klub safida 30 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol o'tkazib yubordi. Transfermarkt portali 26 yoshli golkiperni 45 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kafanov dunyoning eng kuchli darvozabonini aytdi