Mbappe, Vinisius va Karvaxal Realning asosiy tarkibida

Madridning «Real» klubi La Liga doirasida shanba oqshomida safarda «Osasuna»ga qarshi maydonga tushadi. Jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa uchrashuvni quyidagi futbolchilar bilan boshlashga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kurtoa, Karvaxal, Asensio, Alaba, Karreras, Valverde, Gyuler, Tchuameni, Kamavinga, Mbappe, Vinisius.
Jamoani maydonga sardor sifatida Dani Karvaxal boshlab chiqadi. Federiko Valverde esa yarim himoya chizigida harakat qiladi.
«Osasuna» – «Real» uchrashuvini matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin. Start hushtagi 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
Hozircha «Real» La Ligada peshqadam. Ikkinchi o‘rindagi «Barselona» madridliklardan ikki ochkoga ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing