Fabregas Yuventus ustidan g'alabani Nikosiz izohladi

"Komo" bosh murabbiyi Fransesk Fabregas A Seriyaning 26-turida "Yuventus"ga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi. Uchrashuvda komoliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi, Luccano Spalletti jamoasi esa ketma-ket beshinchi o'yinda ham zafar ko'ra olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fabregasning ta'kidlashicha, bunday darajadagi o'yinlarda natijani aynan diqqat va intizom hal qiladi. Uning so'zlariga ko'ra, Spalletti kelgach "Yuventus" ancha o'zgargan, kuchli ijrochilarga qarshi o'ynaganda esa ikkinchi gol urilmasa, raqib baribir bosimni kuchaytiradi. Bu safar "Komo" himoyada tartibli harakat qilib, hisobni ushlab qoldi, darvozabon Butes esa 90 daqiqada atigi bir marta seyv amalga oshirdi.
Mutaxassis jamoasi o'yinning ahamiyatini to'g'ri tushunganini aytdi va "Yuventus"ni Italiyadagi "Real" Madridga qiyosladi. Fabregas natija yoqqanini, biroq endi oldinga qarash kerakligini urg'uladi: "Biz Niko Passiz ham g'alaba qozona oldik. U biz uchun muhim, ammo jamoa uchun undan ham muhimrog'i — u bo'lmasa ham sifatli o'ynay olishiga ishonch paydo bo'lishi".
Chempionlar ligasi yo'llanmasi haqida murabbiy aniq prognoz bermadi: "Bir yarim yil oldin biz A Seriyada emas, B Seriyada edik. Hammasini o'yindan o'yinga qarab ko'ramiz".
26-turdan keyin "Komo" 45 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. "Yuventus" esa 46 ochko jamg'argan holda bir pog'ona yuqorida joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!