date

Runi Man Cityda Gvardiola o‘rniga kim kelishini aytdi

Runi Man Cityda Gvardiola o‘rniga kim kelishini aytdi

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning ehtimoliy vorisi kim bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Runi ta’kidlashicha, ispaniyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi va u shu payt “shaharliklar”ni tark etishi mumkin. Shuningdek, mavsum yakunida ham kutilmagan o‘zgarish bo‘lish ehtimoli istisno etilmayapti.

“Agar Gvardiola ‘Manchester Siti’dan ketsa, ular Vensan Kompanini qaytarib olishlari kerak. U klubni yaxshi biladi, ‘Bavariya’da ham xuddi shunga o‘xshash talablar ostida muvaffaqiyatga erishdi. Ko‘rinishidan, u Pepdan ko‘p narsani o‘rgangan”, — deya Runining so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Runi, shuningdek, Gvardiola klubga keyingi murabbiy tanlashda ko‘mak berishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi: uning fikricha, ispaniyalik mutaxassis o‘z o‘rniga keladigan nomzodni izlash jarayonida ishtirok etishi ehtimoli yuqori.

Gvardiola 2016 yildan buyon “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Runi Man Cityda Gvardiola o‘rniga kim kelishini aytdi