Inter rahbari Lautaro Martines jarohati haqida gapirdi

Milanning «Inter» klubi prezidenti Juzeppe Marotta hujumchi Lautaro Martines olgan jarohat yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub 20 fevral kuni (Toshkent vaqti bilan) argentinalik forvard boldir mushagidan choʻzilish jarohati olganini ma’lum qilgandi. OAV xabarlariga ko‘ra, Lautaro taxminan bir oyga safdan chiqishi mumkin.
«Lautaro Martines masalasida ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Bu jamoa uchun jiddiy yo‘qotish. Biroq u mehnatkash futbolchi, maydonga qachon qaytishini ham to‘g‘ri baholay oladi», — deya Marottaning so‘zlarini Nikolo Skira keltirdi.
Lautaro 2018 yilda «Rasing»dan «Inter»ga 25 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 35 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!