Ronaldu Saudiya chempionatida faoliyatidagi 963-golini urdi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatidagi navbatdagi o'yinda gol muallifi bo'ldi. 21 fevral kuni 23-tur doirasida «Al-Nasr» o'z maydonida «Al-Hazm»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida Ronaldu chap qanotdan harakatlangan Koman uzatmasini qabul qilib, o'tkir burchakdan darvozani ishg'ol etdi. VAR tekshiruvi ham golning toza ekanini tasdiqladi — ofsayd qayd etilmadi.
Shu tariqa, Ronaldu faoliyati davomida 963-golini rasmiylashtirdi. Shulardan 119 tasi Saudiya klubidagi o'yinlariga to'g'ri keladi.
O'yinning dastlabki 30 daqiqasi yakuniga ko'ra hisob o'zgarmadi: 1:0 — «Al-Nasr» foydasiga.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing