Darvin Nunyes Yevropaga qaytishi mumkin, uch klub kuzatmoqda

"Al-Hilol" hujumchisi Darvin Nunyes Yevropaga qaytish ehtimoliga ega. Urugvaylik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionati o‘yinlari uchun qaydnomadan chiqarib tashlangani ortidan, uning yaqin orada klubni tark etishi haqida gap-so‘zlar ko‘paydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko‘ra, 26 yoshli hujumchiga "Nyukasl", "Yuventus" va Madridning "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda. Nunyes Yevropadagi jamoalardan biriga o‘tish uchun maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Hilol" Darvin Nunyesni o‘tgan yilning avgustida "Liverpul"dan 50 million yevrodan ortiq summa evaziga sotib olgandi. Transfermarkt portali hozirda hujumchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!