Bavariya Diomande radidan so'ng Gakpoga ko'z tikdi

Myunxenning «Bavariya» klubi transfer bozorida yo'nalishni o'zgartirib, «Liverpul» vingeri Kodi Gakpo variantini jiddiy ko'rib chiqishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nemis grandi avval «RB Leyptsig»ning 19 yoshli iste'dodi Yan Diomandeni asosiy nishon sifatida belgilagan edi, biroq futbolchi taklifni rad etdi. Qolaversa, ivuarlik o'yinchining «Liverpul» bilan og'zaki kelishuvi borligi haqida ham xabarlar tarqalmoqda. Bayern Space manbasiga ko'ra, Diomande bo'yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, «Bavariya» endi Gakponi o'z tomoniga og'dirishga urinib ko'radi. Niderlandiyalik futbolchining ehtimoliy transfer narxi 65 mln yevroga yaqin bo'lishi mumkin.
Gakpo joriy mavsum mersisaydliklar safida 34 uchrashuvda maydonga tushib, 7 gol va 4 assist qayd etdi. 26 yoshli futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!