date

Kris Satton Jeyms Milnerning rekordini yuksak baholadi

Kris Satton Jeyms Milnerning rekordini yuksak baholadi

Jeyms Milner APL tarixida yangi marrani qayd etdi: u chempionatdagi 654-uchrashuvini o‘tkazib, ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Milnerning bu natijasiga 90-yillarda hujumchi sifatida to‘p surgan Kris Satton ham munosabat bildirdi. Uning ta’kidlashicha, 40 yoshda ham APLda maydon futbolchisi sifatida muntazam o‘ynash — juda noyob holat. Satton buni futbolchining mehnatsevarligi, o‘ziga talabchanligi va kasbiga sadoqati bilan izohladi.

Eslatib o‘tamiz, Milner avvalroq “Liverpul” safida ham o‘ynagan, hozir esa “Brayton” sharafini himoya qilmoqda. Jamoa ayni paytda Angliya chempionati turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kris Satton Jeyms Milnerning rekordini yuksak baholadi